Hindiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi (FICCI) tomonidan “Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida havo koridorini tashkil etish istiqbollari” mavzusida vebinar oʻtkazildi.

Tadbirda Hindiston Tashqi ishlar va Fuqaro aviatsiyasi vazirliklari, Dehli xalqaro aeroporti, Hindiston ekspeditorlari federatsiyasining havo tashuvlari boʻyicha mutasaddi vakillari, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston aviakompaniyalarining Dehlidagi vakolatxonalari xodimlari, Oʻzbekiston va Hindiston diplomatlari ishtirok etdi.

Vebinarda hindistonlik ishtirokchilar ayni vaqtda Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmi mavjud salohiyatga mos emasligi, ushbu sohada alohida eʼtibor qaratish zarur boʻlgan koʻplab jihatlar borligi, mintaqa davlatlari, ayniqsa, Oʻzbekistonda yetishtirilayotgan va ishlab chiqarilayotgan tabiiy mahsulotlarni Hindiston bozoriga olib kelish hamda hind tovarlarini Markaziy Osiyoga yetkazib berish uchun imkoniyatlar koʻpligi maʼlum qilindi.

Bu boradagi ishlarni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish maqsadida Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida oʻzaro “havo yoʻlagini” tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Bunday koridorning ochilishi natijasida Hindistondan mintaqa mamlakatlariga yetkazilayotgan mahsulotlarni vaqt va mablagʻ tejagan holda dunyoning boshqa davlatlariga, xususan, Yevropa bozorlariga yetkazish va, oʻz navbatida, Markaziy Osiyo tovarlarini Hindiston orqali Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bozoriga kirishi uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelishi taʼkidlandi.

Vebinarda Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar faollashayotgani qayd etildi. Jumladan, ikki mamlakatning savdo-sotigʻi tobora kengayib borayotgani, mamlakatimizning turli sohalarda eksport imkoniyatlari ortayotgani, shuningdek, Oʻzbekistondan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, quritilgan meva, asal, limon, qovun hamda Hindistondan banan, mango va boshqa turdagi mahsulotlarni oʻzaro yetkazib berish imkoniyatlari mavjudligi borasida ham fikr almashildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalar jadallashtiriladi