O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burxanov Hindiston g‘arbida yuz bergan aviahalokat to‘g‘risida gapirar ekan, vazirlik mazkur xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilganini ta’kidladi.
– Ushbu fojiada halok bo‘lganlarning yaqinlari va oilalariga chuqur hamdardligimizni izhor etamiz. Olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur reysda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan, – deb yozdi u.
“The Hindu” nashriga ko‘ra, bortdagi yo‘lovchilarning 169 nafari hindistonlik, 53 nafari britaniyalik, 1 nafari kanadalik va 7 nafari portugaliyalik bo‘lgan.
Bortda 240 dan ortiq kishi bo‘lgan, so‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning hech biri omon qolmagan. Bu “Boeing” aviakompaniyasining eng yangi modellaridan biri — “Dreamliner” bilan ro‘y bergan ilk aviahalokatdir.
Musulmon Ziyo, O‘zA