2025-yil may oyi boshlarida Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi ziddiyat yana keskinlashdi. Hindiston “Sindur” nomli harbiy operatsiyasini e’lon qilib, Pokistondagi va Pokiston nazorati ostidagi Kashmir hududidagi terrorchilik infratuzilmasiga zarba berganini ma’lum qildi.

Bu harakat Hindistonda 26 kishining hayotiga zomin bo‘lgan sayyohlarga qilingan hujum ortidan amalga oshirilgani aytilmoqda. Hindiston mazkur hujum ortida Pokiston turganini da’vo qilmoqda, biroq Pokiston buni qat’iyan rad etdi.

Hindiston rasmiylariga ko‘ra, zarbalar to‘qqizta terrorchilik ob’ektiga qaratilgan, ammo Pokiston bu iddaolarni inkor qilib, hujumlarda tinch aholi jabrlanganini bildirgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistonda sakkiz kishi halok bo‘lgan, jumladan ikki nafar bola. Yana 35 kishi jarohatlangan, ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Pokistonning aytishicha, zarbalardan biri masjidga tegdi.

Pokiston bosh vaziri Shaboz Sharif Hindistonni “ayyor va qo‘rqoq” hujumda ayblab, mamlakat har qanday tajovuzga munosib javob berishini bildirdi. Pokiston armiyasi vakili esa “javob qulay fursatda va qulay joyda beriladi” deb bayonot berdi. Ularning ma’lum qilishicha, hind harbiy samolyotlari 24 marta turli qurollardan zarba bergan. Bunga javoban Pokiston armiyasi beshta hind jangovar samolyotini, jumladan uchta Rafale va ikkita Su-30MKI hamda MiG-29 ni urib tushirganini da’vo qilmoqda. Hindiston bu haqda hozircha izoh bermadi.

Hozirda ikki davlat chegara hududlarida o‘quv maskanlari yopilgan. Har ikki tomon ham urush holatiga yaqin harakat qilmoqda.

Shundan so‘ng, Pokiston havo hududini 48 soatga yopdi.

Moskvadan Nyu-Dehliga uchayotgan samolyot Toshkentga qo‘ndirildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uCKpxTqN8vc" title="Xalqaro o&#39;quv-mashg&#39;ulot yig&#39;ini yukori saviyada o&#39;tib ketmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Daily Pakistan Hindiston armiyasi Kashmirdagi nazorat chizig‘ida oq bayroqni ko‘targanini ma’lum qildi.

Pokiston tomoni Hindiston qurolli kuchlari brigadasining shtabi va Kashmirdagi ajratuvchi chiziq bo‘ylab joylashgan hind postining yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Hindiston armiyasi esa bu bayonotlarni tasdiqlamadi.

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston Pokiston bo‘ylab zarbalar seriyasini amalga oshirdi (+video)