Hindiston neft zahiralamoqda
Hindiston neft va tabiiy gaz vazirligi xomashyo zahirasini yanada koʻpaytirish haqida qaror qabul qildi.
Hindiston neft va tabiiy gaz vazirligi xomashyo zahirasini yanada koʻpaytirish haqida qaror qabul qildi.
Live Hindustan agentligi xabariga koʻra, zahirani koʻpaytirish xalqaro bozordagi energiya tashuvchilar bahosining oshishi bilan bogʻliq. Mushkul vaziyatga tushib qolmaslik uchun zahirani oshirishni eʼlon qilgan vazir Dxarmendra Pradxan hukumat olti yarim million tonna sigʻimli yana bir neft ombori qurishni reja qilganini ham maʼlum qilgan. Bu ombor qurilganidan keyin mamlakat uchun uch haftalik neft zahirasi yaratiladi. Hozir oʻn kunga yetarli zahira mavjud.