Hindiston manzaralari. Tojmahal (+video)
Tojmahal - Boburiylar merosi bo‘lgan ushbu yodgorlik o‘zbek va hind xalqlarining tarixi mushtarakligi, ikki mamlakat aloqalari mustahkam asosga ega ekani ifodasidir.
Ma’lumki, Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari Hindistonda ulkan maqbaralar, qal’alar, shaharlar bunyod etgan. Savdo, ilm-fan, madaniyat, memorchilikni rivojlantirgan.
Tojmahalni ham Boburiy avlodi Shoxjahon qurdirgan.


Uning memoriy yechimi shunchalik murakkab va noyob bo‘lganki, 22 ming quruvchilar tomonidan 20 yildan ziyod vaqt davomida barpo etilgan. Maqbara va minoralarning hamma joyi oq marmar bilan qoplangan.
Yodgorlik yurtimizdagidek naqshlar va Qur’on suralari bilan bezatilgan.
Tojmahal dunyoning yetti mo‘’jizasidan biri sanaladi.
1983 yilda YUNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.


Bu tarixiy obida hamon go‘zalligi va muhtashamligi bilan butun dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etadi. Bu yerga har yili qariyb 5-6 million turist keladi.
TOJMAHAL
U aslida oddiy koshona emas,
Tuyg‘ular rangidan yaralgan makon.
Jismi yerga tushdi, ammo yuragin
Qo‘yib ketgan edi Shohjahon.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/bENkVJfikc0" title="HINDISTON MANZARALARI TOJMAHAL" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov,
Elyor Olimov (video),O‘zA