Fransiya Hindistonga 630 milliard rupiy yoki 7,3 milliard dollar qiymatida 26 dona “Rafale Marine” qiruvchi samolyoti sotishga rozi bo‘ldi, deya xabar tarqatdi Osiyo mamlakati harbiy-dengiz kuchlari.

Oy boshida hukumat 22 ta bir o‘rindiqli va 4 ta ikki o‘rinli “Rafale Marine” jangovar uchog‘i sotib olish, shuningdek tegishli texnik xizmat ko‘rsatish va o‘qitishni ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

Yangi qurilmalar eskirgan MiG-29K samolyotlarini almashtirish maqsadida “Vikramaditya” va “Vikrant” avia tashuvchi kemalariga joylashtiriladi. Bu vaqtincha chora mamlakat o‘z qiruvchi samolyotini yaratgunga qadar amal qiladi.

Hindiston fransuz uchoqlarining birinchi to‘plamini besh yil ichida, qolganini 2031 yilgacha olishni mo‘ljallagan. Ma’lumotga ko‘ra, hozir harbiy-havo kuchlari tasarrufida 36 dona qiruvchi samolyot mavjud.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston Fransiyadan qiruvchi samolyot oladi