Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot Instituti Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi “Hosildor Zamin” zamonaviy ko‘chatchilik ta’lim majmuasida “Himoyalangan joylarda ko‘chat yetishtirish texnologiyasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda respublika miqyosidagi bog‘dorchilik ilmiy-tajriba stansiyalarining rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi. Unda mamlakatimizda ko‘chatchilik sohasida mavjud bo‘lgan kamchiliklar va muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasida himoyalangan joylarda ko‘chat yetishtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar mutaxassislar tomonidan tushuntirildi. 

Tadbirda ko‘chat yetishtirish muddatining qisqarishi, payvand qilish muddatlarini boshqarish imkoniyati, mavsumdan qat’iy nazar ekish qulayligi, yopiq ildiz tizimi, yuqori sifat va narx kabi afzalliklar xususida so‘z bordi.

[gallery-21834]

Mutaxassislar tomonidan qo‘yilgan savollarga aniq javob berildi. Bu esa ishtirokchilar orasida yangi g‘oya va takliflarni shakllantirdi. 

Tadbir yakunida Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari J.Ahmedjanov ushbu texnologiyalar respublika ko‘chatchilik sohasini tubdan o‘zgartirishi mumkinligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, institut tizimidagi barcha ilmiy-tajriba stansiyalari ko‘chatchilik sohasida ilg‘or tajribalarni qo‘llab, eksportbop mevali ko‘chatlar yetishtirishga qaratilgan ishlarni davom ettirishi kerak.

Seminar respublika ko‘chatchilik sohasida yangi imkoniyatlar va yechimlarni muhokama qilish uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Himoyalangan joylarda ko‘chat yetishtirish texnologiyasi muhokama qilindi