Hikoyalar ibratli va satirik vazifani bajaradi, jamoalar ulardan suhbatni boyitish, bahsda boshqalarni ishontirish yoki vaziyatni tushuntirish uchun foydalanadi.
Nasriddinning hikmat, zukkolik, hayrat va kutilmaganlik elementlari bilan ajralib turadigan satirik hikoyalari ko‘pincha umume’tirof etilgan me’yorlarni buzadi, hikoyachi qiyin vaziyatlarda kutilmagan yo‘llarni topadi va so‘z qudrati bilan doimo g‘olib chiqadi.
Nasriddin Afandi yoki «Xo‘ja Nasriddin» XIII asrdan beri O‘rta Osiyo, Yaqin Sharq, Xitoy, Kavkazorti va Bolqonda tarqalgan latifalar, rivoyatlar va ertaklardagi hajviy xarakter.
Nasriddin Afandi haqiqatan ham hayotda bo‘lgan yoki yo‘qligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, ammo tarixchilar uning kelib chiqishi haqida bir nechta qarashlarni ilgari suradi. Ulardan biriga ko‘ra, uning vatani Buxoro, boshqasiga ko‘ra, u Xitoyda tug‘ilgan. Ammo bularning hech biri ko‘pgina mamlakatlarda uning sharafiga yodgorlik o‘rnatilishiga xalaqit bermadi.
2022 yil Marokashning Rabot shahrida bo‘lib o‘tgan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning 17-sessiyasida Xo‘ja Nasriddin Afandi haqidagi latifalarni so‘zlab berish an’anasi UNESCOning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘pmillatli nominatsiya Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan.
Latifa aytib berish an’anasi o‘zining donoligi, hazil-mutoyiba tahlili, jamiyat va hayotiy tajribalarni hajviy taqdim etishi bilan mashhur bo‘lgan Nasriddinga tegishlidir.
Bugun “Nasriddinning sarguzashtlari” filmi suratga olinganiga bugun 77 yil to‘ldi, deya xabar beradi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.
Kinokartina Xo‘ja Nasriddinning sarguzashtlari haqida bo‘lib, “Toshkentfilm” kinostudiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan sarguzasht badiiy film hisoblanadi.
Film premerasi 1947 yilning 7 aprelida Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan. Film rejissyori Nabi G‘aniyev, ssenariy muallifi Viktor Vitkovich, operator: Daniil Demutskiy, bastakor: Aleksey Kozlovskiy, rassom: Varsham Yeremyan, rollarda R. Hamroyev, R. Pirmuhamedov, A. Jalilov va boshqalar ijro etgan.
Afandining kulgili hikoyalari va latifalari og‘zaki rivoyatlar, yozma manbalar orqali bizgacha yetib kelgan. Ular tufayli ko‘plab milliy iboralar va maqollar paydo bo‘ldi. Aksariyati esa klassikaga aylangan va ko‘pincha ularni bosma nashrlar, bolalar uchun teledasturlarda uchratish mumkin.
Hazilomuz latifalarda o‘z davrida xalqning urf-odatlari va xarakteri hamohang bo‘lib uzoq davrlargacha yetib borgan. Bu esa Nasriddin Afandi hikoyalari ortida hikmatlar xazinasi borligini ham aks ettiradi.
O‘zA