Bugun Germaniyaning Frankfurt shahrida anʼanaviy “Heimtextile 2019“ xalqaro uy toʻqimachilik mahsulotlari koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.

photo5305711051259619811.jpg

Mazkur xalqaro koʻrgazma ikki davlat oʻrtasidagi manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlash, toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish boʻyicha tajribalar almashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Oʻztoʻqimachiliksanoat“ uyushmasi korxonalari anʼanaviy xalqaro koʻrgazmaning faol ishtirokchilaridan. Oʻtgan yil koʻrgazmada uyushma “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan“ milliy stendi bilan ishtirok etgan edi. Buning natijasida toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha 3,7 million dollarlik shartnoma tuzilishiga erishilgan.

Bu yil ushbu nufuzli tadbirda “Oʻzteks Grupp” korxonalari tomonidan “FadolliRicci” brendi bilan hamda Xorazm viloyatida joylashgan “Baxmal Grupp“ kompaniyasi oʻz mahsulotlarini namoyish etmoqda. 

Xalqaro koʻrgazma doirasida uyushma vakillari Germaniya toʻqimachilik sanoati, Germaniya toʻqimachilik mashinalari ishlab chiqaruvchilari konfederatsiyasi (VDMA), Germaniya tayyor tikuv mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari konfederatsiyasi mutaxassislari, Shtutgart savdo palatasi va Kyoln toʻqimachilik importchilari bilan bir qator taqdimot va uchrashuvlar oʻtkazadi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash kerakki, 1971 yildan buyon har yili oʻtkazilayotgan mazkur “Heimtextile 2019“ xalqaro uy toʻqimachilik mahsulotlari koʻrgazmasida bu gal dunyoning 135 mamlakatidan 70 mingdan ziyod mehmonlar qatnashmoqda. Uch kun davom etadigan namoyishda ishtirok etayotgan kompaniyalarning umumiy soni 2970 dan ortiqdir. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Heimtextile 2019“: Frankfurtda “Oʻztoʻqimachiliksanoat“ uyushmasi korxonalari mahsulotlari namoyish etilmoqda