Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi
Jizzax shahar hokimligi tomonidan “Jahon” to‘yxonalar maskanida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir “Hech kim mehr e’tibordan chetda qolmaydi” ezgu g‘oyasi ostida o‘tdi.
Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi, Jizzax shahar hokimligi, shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va mahalla faol yoshlari shaharda istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib, ularga sovg‘a-salomlar ulashdi, xonadonlarida hasharlar uyushtirildi.
[gallery-20677]
– Jizzax shahar hokimligi, mahalla fuqarolar yig‘ini va mahalla faol yoshlari xonadonimga kelib, daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqazishdi, hashar uyushtirib, sovg‘a-salomlar berishdi, – deydi tadbirda ishtirok etgan 1-guruh nogironi Husan Norqo‘ziyev. – Mahallalar uyushmasi va shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari ham tez-tez sovg‘a-salomlar berib ketishadi. Bu ishlarnig barchasi muhtaram Prezidentimizning e’tibori va tashabbusi bilan amalga oshirilayotgani shubhasiz. Barcha jizzaxlik nogironlar nomidan davlatimiz rahbariga e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun behisob rahmatlar aytamiz.
Tadbirda mahalliy san’atkorlar va ijrochi yoshlar tomonidan kuylangan qo‘shiq va jozibali raqslar ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),
O‘zA muxbirlari