Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi
3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyati Kengashi tomonidan shahardagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida “Hech bir inson mehr va e’tibordan chetda qolmaydi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Unda partiyaning Kengash raisi, viloyat kengashi deputatlik guruhi rahbari Maqsud Muxammedov boshchiligida “Ayollar qanoti” yetakchilari hamda faollar ayollar internat uyidagi mehr-e’tiborga muhtoj insonlar holidan xabar oldi va sovg‘a-salomlar ulashishdi.


– Bu kabi xayrli amallar inson qalbiga ezgulik nurlarini baxsh etish bilan bir qatorda mehr-oqibat, insonparvarlik kabi ezgu fazilatlarning nechog‘lik ahamiyati yuqoriligini ham anglatadi, – deydi Kengash raisi Maqsud Muxammedov. – Shuningdek, mehr va e’tiborga muhtoj insonlarga e’tiborli bo‘lish, g‘amxo‘rlik, oqibat ko‘rsatish bilan bog‘liq ezgu an’analar hamisha qadrlanishi va qadr topishi lozimligini ham anglatadi.
Zarif Komilov, O‘zA