Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Nukus “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari ayollar internat uyida yaratilgan shariotlar va bu yerda istiqomat qiluvchi ayollar tomonidan yaratilgan qo‘l mehnatlari bilan yaqindan tanishdi. Internat uyida davolanayotgan xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, “Mahalla” fondi tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari topshirildi.
Tadbir yakunida Chimboy “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar hamda Nukus “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uylari davolanuvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA