Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi
Har bir mehnat jamoasining muvaffaqiyatida fidoyi xodimlar, oddiy xizmatchilarning hissasi katta.
Madaniyat vaziri O.Nazarbekov tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, mehr-oqibat va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash maqsadida ushbu vazirlik hamda tizim tashkilotlaridan nafaqaga chiqqan va hozirda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bayram sovg‘alari tarqatildi.

Bayram sovg‘alari poytaxtimizdagi bir qator teatr jamoalari, san’at yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus bilim dargohlari, madaniy-ma’rifiy tashkilotlariga yuborildi.