Hech bir yosh e’tibordan chetda qolmaydi
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari hamda bir qancha mas’ullar tomonidan tumanning 3-sektor hududidagi Ichki ishlar bo‘limi probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida yoshlarga qilgan xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishi, o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘yib, ularni amalga oshirish uchun astoydil harakat qilishi lozimligi hayotiy misollar asosida tushuntirildi. Probatsiyada turuvchi fuqarolar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
[gallery-11186]
Tuman hududidagi 35-maktabda o‘tkazilgan ushbu tadbirda turli xil sport musobaqalari, harbiy chiqishlar va ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida tuman IIB kubogi bo‘lib o‘tdi.
Sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan ushbu kubok aholi, xususan, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Musobaqada 3-sektor hududidan ishtirokchilar o‘zaro bahs olib bordi. G‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Probatsiyada turuvchi fuqarolar tumandagi 2-tibbiyot kollejida ham bo‘ldi.
Bu kabi tadbirlar aholi o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA