Hazrat Navoiy merosidan Yangi Özbekiston strategiyasiga: bağrikenglik va insonparvarlik tamoyili ustuvorligi
Bağrikenglik biz uçun begona yoki taşqaridan kirib kelgan yangi tuşunça emas. U asrlar davomida şakllangan milliy maʼnaviyatimiz, qariyb uç ming yillik davlatçilik tariximizning ajralmas qismidir. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Jaloliddin Rumiy, Alişer Navoiy kabi buyuk ajdodlarimiz asarlarida turli din, millat va madaniyat vakillariga hurmat bilan munosabatda böliş, özaro ahillik va hamjihatlikda yaşaş ğoyalari yuksak badiiy va falsafiy ifoda topgan.
Birgina buyuk mutafakkir bobomiz Alişer Navoiyning bebaho ijodiy merosiga murojaat qilib, bağrikenglik mavzusi neçoğli keng va çuqur muşohada bilan yoritilganini köriş mumkin. Misol sifatida keltirsak, Hazrat Navoiy özining "Hayrat ul-abror" dostonida insonni millati, dini, tili va ijtimoiy kelib çiqişidan qatʼi nazar eng aziz va mukarram zot sifatida quyidagiça uluğlaydi:
“Odamiy ersang demagil odami,
Onikim yöq xalq ğamidin ğami”».

Demak, taʼkidga köra, jisman odam qiyofasida tuğilişning özi hali haqiqiy “odamlik”, “odamiylik” maqomiga erişdi degani emas. Insonni boşqa mavjudotlardan ajratib turadigan eng muhim xususiyatlar: mehr-şafqat, boşqalarning dardi bilan yaşay oliş, insoniyatga muhabbat, oqibatli bölişdir, degan gözal bir saboq bor. Kimki jamiyatdagi muhtojlar, mazlumlar va ğam çekkan insonlarning dardiga befarq ekan, u insoniylik maqomidan yiroqdir, degan taʼkid asrlar oşa mohiyatini yöqotmasdan kelmoqda.
Şu örinda, “xalq ğami” tuşunçasiga töxtalib ötamiz. Bu tuşunça zap topib aytilgan, tom maʼnodagi maʼnaviy va ijtimoiy masʼuliyat mezoni, insonparvarlik hamda xalqçillikning eng oliy ifodasidir. Kimniki yuragida el dardi, xalqning qayğusi va taşvişi yöq ekan, u har qança inson şaklida bölmasin, asli haqiqiy odam emas. Bu ibora şunçaki çiroyli taşbeh yoki topilma emas, balki jamiyat va davlat boşqaruvidagi adolat, fidoyilik va inson qadrini uluğlaş tamoyillarini özida mujassam etgan teran falsafiy tuşunçadir. Buyuk hikmatning mazmuni şundaki, kimki öz xalqining dardi, taşvişi, quvonçu qayğusi bilan yaşamasa, jamiyat va insonlar manfaatini öziniki deb bilmasa, u haqiqiy inson maqomidan yiroqdir. Xalqqa xizmat qiliş, uning muammolariga yeçim topiş, el dardi bilan yaşaş, el-yurt farovonligi va tinçligi uçun kuraşiş har bir ongli va vijdonli şaxsning oliy burçi hisoblanadi. Bu fazilatlar Alişer Navoiy hazratlari taʼriflagan haqiqiy odamiylikning metin ustunidir.
Hazrat Navoiy tarannum etgan insonparvarlik tor doiralar (millat, irq, ijtimoiy yoki diniy mansublik) bilan çegaralanmagan. Uning uçun inson – eng uluğ zot. Inson qadri uning boyligi yoki mavqei bilan emas, balki qalbidagi ezgulik, xalqqa nafi tegişi va başariyatga bölgan muhabbati bilan belgilanadi.
Alişer Navoiy nafaqat buyuk söz sanʼatkori, balki öz davrining yirik davlat va jamoat arbobi sifatida ham “Xamsa” dostonlari orqali butun başariyatni birlaştiruvçi umumbaşariy ğoyalarni badiiy-falsafiy jihatdan asoslab bergan.
Xususan, “Farhod va Şirin” dostonida Çin şahzodasi Farhod, arman gözali Şirin va eronlik Şopur örtasidagi samimiy döstlik, şuningdek, Farhodning Yunon diyorida donişmand Suqrot bilan uçraşuvi orqali turli xalq vakillari örtasidagi özaro hurmat, sadoqat va maʼnaviy yaqinlik ğoyalari tarannum etiladi. Bu esa xalqlar örtasidagi hamjihatlikning yorqin badiiy ifodasidir.
Navoiy bu qahramonlar orqali Şarq va Ğarb dunyosi, turli tamaddunlar madaniyati bir-birini inkor etmasligi, balki boyitib borişi kerakligini körsatadi. Çinlik Farhod yunon olimi Suqrotdan ilm örganadi, eronlik Şopur bilan döstlaşadi, arman gözali Şirinni sevadi. Bu holat Navoiy yaşagan davrdayoq turli elatlarning maʼnaviy muloqoti qançalik muhim bölganini körsatuvçi ulkan falsafiy qadamdir.
Dostonda Xusrav Parviz kabi hukmdorlarning şaxsiy manfaatlari, zulmi va munofiqligiga qarşi ölaroq, Farhod va uning safdoşlari adolat, mehnat, bunyodkorlik va insonparvarlik ğoyalarini himoya qiladilar. Farhodning toğni teşib, xalqqa suv çiqarişi bu faqat şunçaki bir işq yölidagi sinov-imtihon emas, balki butun insoniyat farovonligi va mehnatkaş xalq manfaatlari yölidagi fidoyilikdir. Uşbu kuraşda millat yoki din çegaralaridan tösiq qöyilmaydi, insonparvarlik ğoyasi xalqlarni birlaştiruvçi kuçga aylanadi.
“Xamsa” dostonlaridagi yana bir falsafiy asar bu "Sabʼai sayyor"dir. Bu dostonda ham yetti iqlim vakillarining hikoyalari orqali dunyo xalqlarining maʼnaviy boyligini yagona umuminsoniy qadriyatlar atrofida birlaştiradi. Unda şoh Bahromning yetti xil rangdagi qasrlarda yetti iqlimdan kelgan sayyohlarning hikoyalarini tinglaşi orqali insoniyat madaniyati va maʼnaviyatining umumiy ildizlari uluğlanadi, tarğib etiladi.
“Yetti iqlim” şunçaki geografik tuşunça emas, u butun insoniyat timsoli. Biz hozirgi davr odamlari bir soniyada internet va uyali aloqa vositalari orqali dunyoning istalgan nuqtasidagi yangiliklardan xabar topişimiz mumkin, biroq bu axborot köpinça yuzaki va qisqa muddatli böladi. Alişer Navoiy esa bundan beş asr muqaddam, axborot texnologiyalari mavjud bölmagan bir davrda, öz qalbining közi va ötkir zakovati bilan butun “yetti iqlim” jamiyatini, turli xalqlarning madaniyati, psixologiyasi va umuminsoniy qadriyatlarini qamrab ola bilgan. Mutafakkirning buyukligi şundaki, u geografik çegaralar va asrlar oşa barça xalqlarni birlaştirib turuvçi maʼnaviy köprikni yarata oldi. Hindiston, Çin, Rum, Xorazm, Misr, Mağrib kabi turli ölkalardan kelgan musofirlar öz xalqining donişmandligi, urf-odatlari va hayotiy tajribasini ifodalovçi hikoyalarni sözlab beradilarki, har bir ertak, rivoyat va hikmatlar umuminsoniy axloq xazinasini boyituvçi durdona sifatida taqdim etiladi. Bu hikoyalari orqali xalqlar örtasidagi madaniy muloqot, özaro hurmat va insonparvarlik ğoyalarini tarğib etiladi. Navoiy dahosini qarangki, ular orqali maʼnaviy yuksaklik, insonparvarlik, bağrikenglik, oqibat, saxovat, adolat, vafo, saxiylik va haqiqat va donişmandlik kabi fazilatlar biror-bir millat yoki hududgagina xos emas, balki butun başariyatning muştarak boyligi ekanligi tarğib etiladi.
Hazrat Navoiy "Saddi Iskandariy" dostonida ham Iskandar timsoli orqali odil şoh va mukammal davlat boşqaruvi konsepsiyasini ilgari surar ekan, köp millatli va turli madaniyatli ulkan saltanatni faqat kuç bilan emas, balki adolat, bağrikenglik va mahalliy qadriyatlarga hurmat orqali saqlab qoliş mumkinligini badiiy-falsafiy jihatdan isbotlab beradi. Dostonda Yaʼjuj va Maʼjuj qabilalaridan himoyalaniş uçun qurilgan buyuk devor (Saddi Iskandariy) nafaqat bir moddiy – mavjud tösiq, balki qonun, adolat va tartib ramzi sifatida ifodalanadi. Taşqi xavfdan saqlaniş uçun faqat devor qurişning özi yetarli emas, avvalo, saltanat içidagi tinçlikni saqlaş, qadriyatlarni eʼzozlaş, turli millat va elatlararo barqarorlikni, aholining huquq va anʼanalarini hurmat qiliş orqaligina saqlab qoliş mumkinligi falsafiy jihatdan asoslab beriladi.
Şu tariqa, Navoiy “Xamsa” dostonlari orqali bundan beş asr muqaddam bugungi zamonaviy xalqaro huquq va demokratik jamiyatlar tayanadigan bağrikenglik hamda millatlararo totuvlik tamoyillarining mustahkam maʼnaviy poydevorini qöygan.
Zero, uluğ ajdodlarimizning ana şunday maʼrifatparvar va insonparvar anʼanalari bugungi kunda Yangi Özbekiston davlat siyosatining boş mezoniga aylangan. Mamlakatimizda "inson – jamiyat – davlat" tamoyili asosida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, yangilangan Konstitutsiyamizda inson huquq va erkinliklarining oliy qadriyat sifatida mustahkamlangani buning amaliy tasdiğidir.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasida bağrikenglik siyosatiga alohida eʼtibor qaratilgan. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Özbekiston – ulkan imkoniyat va boyliklarga ega mamlakat. Lekin bizning eng katta boyligimiz – turli millat va elatlar, diniy konfessiyalar vakillari örtasidagi tinçlik va barqarorlik, özaro hurmat va hamjihatlikdir”.
Haqiqatan ham, bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yagona va ahil oila bölib yaşayotgani, fidokorona mehnati bilan jonajon Özbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qöşayotgani ayniqsa quvonarlidir.
Qaşqadaryoda ham 20 dan ortiq turli millat vakillari istiqomat qiladi. 6 ta milliy madaniy markazlar öz tili, urf-odatlari va sanʼatini erkin rivojlantirmoqda. Mahallalarda özbek, tojik, qozoq, rus, koreys va boşqa millat vakillarining töy va maʼrakalarda yelkama-yelka turişi kundalik hayot mezoniga aylangan.
Har bir millat vakilining qadimiy urf-odat, anʼana va qadriyatlarini asrab-avaylaşlari va kelajak avlodlarga yetkazişlari uçun munosib şart-şaroit yaratişga asosiy eʼtibor qaratilmoqdaki, biz bunday bebaho boylik bilan haqli ravişda faxrlanamiz.
Har bir şaxsning şaʼnini uluğlaş, özgalar fikri va eʼtiqodiga hurmat bilan qaraş, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qonun ustuvorligi bilan uyğunlaştiriş bugungi va kelajak avlodlarning tinç, osuda va farovon hayotini kafolatlovçi eng işonçli yöldir.
Ana şu yölning nomi bağrikenglik (tolerantlik)dir. Kundalik hayotda bu oddiy muloqot madaniyatida körinadi: masalan, mehnat jamoasida yoki oilada fikrlar töqnaş kelganda, raqibni kamsitmasdan, uning dalillarini tinglaş va murosa yölini topiş bağrikenglik belgisidir. Şuningdek, inklyuziv jamiyat quriş – nogironligi bölgan şaxslarning teng huquqli taʼlim olişi va mehnat qilişi uçun şaroit yaratiş ham ijtimoiy bağrikenglikning muhim körinişi hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, bağrikenglik özimiznikidan farq qiluvçi qaraş, din, millat va turmuş tarziga ega bölgan insonlar bilan teng huquqlilik va özaro ehtirom asosida yaşaş sanʼatidir. Inson qadri uluğlangan, bağrikenglik tamoyillari nafaqat qonunlarda, balki har bir fuqaroning kundalik xatti-harakatida aks etgan jamiyatdagina çinakam tinçlik va taraqqiyot barqaror böladi.
Şunday ekan, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, yurtimizda yaşayotgan har bir fuqaroning, butun xalqimizning farovonligini taʼminlaşga xizmat qiladigan “Yangi Özbekiston – xalqçil va insonparvar davlat” ğoyasini hamjihat bölib amalga oşiramiz. Yangi Özbekistonni şu muqaddas ona Vatanimizda yakdillik, hamjihatlik, birgalikda va albatta bağrikenglikda bilan bunyod etamiz.
Lola Saodatova,
Inson huquqlari böyiça vakil (Ombudsman)ning Qaşqadaryo viloyatidagi
mintaqaviy vakili.
ÖzA