Hazrat Mir Alisher Navoiy haqida (+video)
XV asr jahon ma’naviyatining buyuk siymosi Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kunida (1441 yil 9 fevral) Hirotda tug‘ilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug‘ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja o‘g‘li Shohrux Mirzoning qo‘l ostidagi obod manzillaridan biri edi. Alisher tug‘ilgan xonadon Temuriylar saroyiga azaldan yaqin va yurtda muayyan nufuz sohibi edi.
Taqdir Alisher Navoiyni zamonaning ulug‘ va sharafli kishilariga yaqin qildi, ustoz-murabbiylik etuvchi zotlar bilan oshno etdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/c26vycF_TIU?si=IfeBAjaTugmcT8qJ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov,O‘zA