Hayoti ibrat, so‘zi hikmat otaxon
FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev hamda viloyat faollari Guliston shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 96 yoshli Bektursun ota Pirmatov xonadonida bo‘lib, otaxonni bayram bilan qutladi.
Bektursun otaga Davlatimiz rahbari tomonidan yo‘llangan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, bir martalik pul mukofoti, “Mustaqillik monumenti” statuetkasi hamda bayram sovg‘alari taqdim etildi.
Otaxon Vatan ozodligi uchun kechgan janglar, urushdan keyingi mehnat faoliyati xususida so‘zlab berdi. bugungi dorilomon kunlarga shukrona aytib, duoga qo‘l ochdi.
[gallery-7002]
Furqat TOSHMATOV olgan suratlar.