Yangi texnologiyalar, globallashuv va doimiy ravishda o‘sib borayotgan raqobat insondan doimiy o‘qish, o‘z malakasini oshirish va moslashishni talab qilmoqda. Bunday sharoitda "Hayot davomida ta’lim olish" tamoyili asosida o‘qish nafaqat maqbul, balki shaxsiy va kasbiy o‘sish hamda rivojlanish uchun hayotiy zaruratga aylanmoqda.

Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Shokir Saidov shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi:    

– "Hayot davomida ta’lim olish" – bu inson hayotining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi uzluksiz o‘qish jarayonidir. Bu faqat yangi bilim va ko‘nikmalarni olish emas, balki shaxsning doimiy rivojlanishi, o‘zgarishlarga moslashuvi va imkoniyatlarini kengaytirishidir.  

Shu asosda o‘qish, malaka oshirishning afzal tomonlaridan biri mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshiradi. Mehnat bozoridagi doimiy o‘zgarishlar sharoitida ushbu tamoyil asosida o‘qigan hamda yangilangan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislar sezilarli darajada ustunlikka ega bo‘ladi. Bunday tamoyilda o‘qish insonga yangi talablarga moslashish va talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallash imkonini beradi.  

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasida davlat organlarining davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ta’lim olishini muntazam ravishda tashkil etishi belgilangani aynan shu maqsadga xizmat qiladi. Eng muhimi, ushbu qonunda davlat organlariga davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash, ularning malakasi oshirish va ta’lim olishini muntazam ravishda tashkil etish zarurligi belgilab qo‘yilgan. E’tiborlisi, bunday me’yorlar turli sohalarga oid boshqa qonunlarda ham belgilangan.  

Bu jarayonda to‘liq samaradorlikka erishish uchun davlat, ta’lim muassasalari, ish beruvchilar va ta’lim oluvchilarning yaqin hamkorligi zarur. Faqat shu yo‘l bilan hayot davomidagi ta’lim shaxsning rivojlanishi va jamiyatning farovonligi uchun samarali vositaga aylanadi.  

Birgina yurisprudensiya sohasida malaka oshirib borish masalasiga to‘xtalsak. Bu soha doimiy ravishda rivojlanib va takomillashib borayotgan qonunchilik va o‘zgarib turuvchi ijtimoiy normalar tufayli ham bilimlarni yangilab borishni taqozo qiladi. Chunki yuristlar o‘z mijozlariga to‘g‘ri maslahat berish va ularning manfaatlarini sudda samarali himoya qilish uchun ham o‘zgarishlardan vaqtida xabardor bo‘lishlari kerak.  

Bundan tashqari, bu soha vakillari huquqning yangi sohalarini ham chuqur o‘rganib borishlari lozim. Yangi texnologiyalar va ijtimoiy hodisalarning paydo bo‘lishi huquqning yangi sohalari paydo bo‘lishiga olib keladi (masalan, sun’iy intellekt huquqi, kiberhuquq). Yuristlar hayot davomidagi ta’lim olishda tegishli kurslar va treninglardan o‘tib, o‘z mutaxassislik va kompetensiyalarini kengaytirishi zarur.  

Bundan tashqari, murakkab yuridik vazifalarni hal qilishda ko‘pincha yuristdan ko‘p tarmoqli yondashuv talab etiladi. Yuristlar iqtisodiyot, psixologiya, sotsiologiya yoki axborot texnologiyalari kabi turdosh sohalarni o‘rganish orqali ham o‘z kompetensiyalarini kengaytirishi maqsadga muvofiq.  

Markazimiz adliya organlari va muassasalari, advokatlar, notariuslar, patent vakillari, mediatorlar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlari hamda huquqiy bilimlarini oshirish talab etiladigan davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa soha mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan davlat ta’lim muassasasidir. Shundan kelib chiqib markazda ushbu soha vakillarining “Hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida uzluksiz malakasini oshirish yo‘lga qo‘yilgan.  

Bu tamoyil asosida ta’lim olish uchun markazda uzluksiz kasbiy rivojlantirish (mk.uzmarkaz.uz) platformasi ishga tushirildi. Ushbu platformada adliya vazirligi tizimi xodimlari ikki yil davomida uzluksiz malakasini oshiradi. Bunda, xodimlar har oyda belgilangan jadval asosida tegishli mavzularni o‘zlashtiradi.  

Xulosa qilib aytganda, hayot davomida ta’lim yuristlar uchun, eng avvalo, mutaxassisligi bo‘yicha o‘z bilimlarini chuqurlashtirish imkonini beradi va  bu ularning qonunchilik va sud amaliyotidagi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishini, shuningdek, murakkab huquqiy masalalarni samarali hal qilishini ta’minlaydi.  

N.Abduraimova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida mutaxassislar malakasi oshirilmoqda