SO‘RAGAN EDINGIZ...
- Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan shaxsga mashinani boshqarish uchun berish javobgarlik sabab bo‘ladimi?
«Madad» muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti mutaxassisi:
- Albatta javobgarlik mavjud. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasiga asosan transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, xuddi shuningdek, boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi BHMning 5 baravari (1 225 000) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.