Yangi barpo etilayotgan yo‘llar va qurilayotgan ko‘priklar nafaqat uzoqni yaqin qiladi, balki shahar infratuzilmasi yaxshilanishiga xizmat qiladi.

4R12 Bektemir – Chirchiq, G‘azalkent – Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘li Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi kurort zonalar, dam olish maskanlari va sihatgohlarga eltuvchi asosiy markaziy yo‘l hisoblanadi.   

Bu yo‘lda avtomobillarning sutkalik harakat jadalligi 8-10 mingtani, dam olish va  bayram kunlari esa 17 mingtagacha avtomobil harakatini tashkil etadi. Tabiiyki, bu holat yo‘l harakati ishtirokchilariga tirbandlik tufayli noqulaylik keltirib chiqaradi.   

Shu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahar mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasiga asosan bosh pudratchi “O‘zyo‘lko‘prik” klasterining Toshkent viloyati filiali davlat muassasasi tomonidan 4R12 Bektemir – Chirchiq, G‘azalkent – Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 33-34 km qismida 30,5 metr uzunlikdagi yer osti yo‘li qurilish ishlari boshlab yuborilgan edi.   

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Nilufar Jumayevaning ma’lum qilishicha, Toshkent shahridan chiqish joyidagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li chorrahasida qo‘shimcha tarmoq yo‘llari qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi.   

Qayd etilishicha, yo‘lning asosiy qatnov qismi 23,7 metr bo‘lib, tunnelning har ikki tomonidan ikki tasmali qatnov yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 11,5 milliard so‘mni tashkil etadi.     

– Tunnel orqali og‘ir avtomashinalar va xavfli yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi, – deydi “O‘zyo‘lko‘prik” klasterining Toshkent viloyati filiali yetakchi mutaxassisi Abdumajid Hojiyev. – Ular chorrahadan o‘tishi kerak. Chunki, yuk tashuvchi avtotransportlarning harakat me’yorlarini takomillashtirish mamlakatda yo‘llarning xizmat muddatini oshirishga va ularni ta’mirlashga ajratilgan xarajatlarni kamaytirishga olib keladi. Yangi tunneldan o‘tish uchun yo‘ldan o‘ngga qarab ketish kerak. Endi haydovchilar chorrahada to‘xtab turishi shart emas. U yerda dam olish kunlari svetoforning bir necha yonib-o‘chishini kutishga to‘g‘ri kelardi. O‘ylaymanki, mazkur tunnel haydovchi va yo‘lovchilar uchun bir qancha qulayliklar yaratadi.  Tirbandliklarning oldi olinadi.   

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uWU9zVg0Zlo" title="Haydovchi va yoʻlovchilar uchun qulayliklar yaratildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun 4R12 yo‘lidan Yangi O‘zbekiston ko‘chasiga chiqish tashkil etildi.   

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Haydovchi va yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratildi(+video)