Haydovchi mashinani tashlab qochdi...
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Farg‘ona tumanida harakatlanayotgan “Neksiya-2” rusumli avtomashina kuzatuvga olinib, ushbu tuman hududida to‘xtatilganda haydovchi avtomashinani voqea joyida qoldirib o‘zi esa yashiringan.
Shundan so‘ng avtomashina belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 730 million so‘mlik 18 turdagi jami 300 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
M.Sulaymonov, O‘zA