Haydarov Dilshod o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Elektron pochta xabarlarini filtrlash va spam xabarlarni aniqlash algoritmlarini ishlab chiqish” mavzusida
Haydarov Dilshod o‘g‘lining 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi ixtisosligi bo‘yicha “Elektron pochta xabarlarini filtrlash va spam xabarlarni aniqlash algoritmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi DSc.13/30.12.2019.T.07.02 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 27-may kuni soat 12:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100084, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 108-uy. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, E-bino, 1-qavat, 102-xona.
Tel.: (99871) 238-64-70; faks: (99871) 238-64-43;
ye-mail: tuit@tuit.uz