Havaskor velopoygachilar musobaqasi
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tashabbusi bilan havaskor velosportchilar o‘rtasida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Kasaba-tur” velomarafonining Namangan viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tashabbusi bilan havaskor velosportchilar o‘rtasida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Kasaba-tur” velomarafonining Namangan viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.– Ishchi-xodimlarning salomatligini mustahkamlash va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu velomarafon yildan-yilga ommaviylashib bormoqda, – deydi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bo‘lim mudiri Dilfuza Sultonova. – Musobaqaning shahar va tuman bosqichlarida 50 mingga yaqin kasaba uyushma a’zosi ishtirok etgani fikrimiz dalilidir.
150 dan ziyod havaskor velopoygachi ishtirok etgan viloyat bosqichida 25-30 yoshlilar o‘rtasida birinchi o‘rin Namangan shahridan Doniyor Abdullayev va Gulnora Siddiqovaga nasib etdi. 35 yoshli va undan kattalar o‘rtasida kosonsoylik Abduvosit Azizov hamda Namangan shahridan Zulfiya Quvvatova marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. G‘oliblar musobaqaning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.
Tadbirda “Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi”, “Eng epchil havaskor velosportchi”, “G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi uchun”, “Eng yosh ishtirokchi”, “Eng faol ayol ishtirokchi” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.