Harvard talabalarining to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i universitet almashinuv dasturi akkreditatsiyasi bekor qilingani sababli boshqa oliy o‘quv yurti topishga majbur bo‘ladi, dedi AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi rahbari Kristi Noem.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu barcha xorijlik talabalar hozirgi maqomini saqlab qolish uchun boshqa ta’lim muassasasiga o‘tishi shartligini bildiradi.

Noem “Fox News” telekanaliga intervyu berarkan, bu yil birinchi kurs talabalarining 18 foizi xorijlik ekanini ta’kidladi.

Oq uy avvalroq Amerika universitetlariga yahudiy talabalarni himoya qilish talabini qo‘yib, aks holda moliyalashtirish qisqartirilishi bilan tahdid qilgan edi. Ma’lumki, Isroil va G‘azo mojarosi ortidan Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashgach, Amerika universitetlarida namoyishlar ko‘paydi.

Aprel oyida AQSH Ta’lim vazirligi kadrlar va ta’lim siyosatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi talabni ochiqchasiga rad etgani uchun Harvard universiteti hukumat tomonidan ajratiladigan 2,2 milliard dollardan mahrum etilishini e’lon qildi.

Shuningdek, Prezident Donald Tramp bu oliy ta’lim maskanini mavjud soliq imtiyozidan ham mosuvo qilishini shama qilgan.

Kelgusida boshqa universitetlarga ham chet ellik talaba qabul qilish taqiqlanishi mumkin, deydi vazir.

"Axios" portali universitet vakili Jeyson Nyutonning so‘zlariga tayanib xabar berishicha, Harvard hukumat qarorini noqonuniy, deb hisoblaydi.

- Ushbu javob harakati jamoamiz va mamlakatimizga jiddiy zarar yetkazadi, ilmiy va tadqiqot missiyasiga putur yetkazadi, - deydi mulozim.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harvard talabalari yangi universitet qidiradi