Harvard tibbiyot maktabi olimlari Alsgeymer kasalligiga qarshi umidli yangilik e’lon qildi. O‘n yil davom etgan tadqiqotlar natijasida ular yo‘qolgan xotirani tiklash imkonini beradigan yangi yondashuvni topdi.
Mutaxassislar aniqlashicha, Alsgeymer kasalligida amiloid-beta deb ataluvchi oqsillar miyadagi litiyni o‘zlashtirib yuboradi. Natijada litiy neyronlarga yetib bormaydi, hujayralar o‘rtasidagi aloqa buziladi va xotira yo‘qoladi.
Bu muammoni hal qilish uchun olimlar litiy orotat — arzon va xavfsiz birikmadan foydalandilar. Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bu preparat nafaqat xotirani tiklashi, balki zararlangan miya to‘qimalarini qayta tiklashi ham mumkin.
Avvalgi kuzatuvlar ham buni tasdiqlaydi. Masalan, Daniyaning ichimlik suvida litiy miqdori yuqori bo‘lgan hududlarda demensiya kamroq uchraydi. Bu litiy miya salomatligi uchun qanchalik muhimligini ko‘rsatadi.
Biroq olimlar ehtiyotkorlikka chaqirmoqda. Hozircha usul faqat sichqonlarda sinovdan o‘tgan, odamlar ustida klinik tadqiqotlar endigina boshlanmoqda. Shifokor nazoratisiz litiy qo‘shimchasini qabul qilish tavsiya etilmaydi.
<iframe width="1326" height="746" src="https://www.youtube.com/embed/aa6KckMto_w" title="Harvard olimlari Alsgeymerga qarshi yangi davo topdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Agar sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, litiy orotat dunyo bo‘ylab millionlab bemorlar uchun arzon, xavfsiz va samarali davo bo‘lishi mumkin. Bu — yo‘qolgan xotirani qaytarish yo‘lidagi katta qadam.
Madinabonu Nasriyeva,Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA