Sönggi yangiliklar
Noyabr 2026
| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
“Harlem Globetrotters” jamoasi – Fargʻonada

“Harlem Globetrotters” basketbol jamoasi Fargʻona viloyatining Quva tumanidagi 61-, Margʻilon shahridagi 29-umumtaʼlim maktablari hamda 1 – Mehribonlik uyida boʻlib, yoshlar bilan mahorat darslari oʻtkazdi.
“Harlem Globetrotters” basketbol jamoasi Fargʻona viloyatining Quva tumanidagi 61-, Margʻilon shahridagi 29-umumtaʼlim maktablari hamda 1 – Mehribonlik uyida boʻlib, yoshlar bilan mahorat darslari oʻtkazdi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusda yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoit yaratish belgilangan. Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan AQSHning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbir ana shu masadga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Tadbirlar doirasida yoshlar oʻrtasida basketbol boʻyicha oʻquv oʻyinlari hamda maktablarda bullingga (zoʻravonlikka) qarshi “T.Ye.A.M, Up at School” dasturi asosida mahorat darsi va seminar-treninglar oʻtkazildi.
“Harlem Globetrotters” – Amerikaning basketbol boʻyicha koʻrgazmali jamoasi boʻlib, 1927 yilda tashkil qilingan. 50-yillardan boshlab klub yaxshi niyat elchilari vazifasini bajarib kelmoqda. Jamoa oʻz oʻyinlarida sport, teatr shousi va komediya elementlarini mujassamlashtirgan.
Fargʻonalik yoshlar “Harlem Globetrotters” basketbol jamoasining yulduzlaridan saboq oldi. Epchillik va chaqqonlik mashqlari oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuni taʼkidlash lozimki, bugungi kunda viloyatda mingdan ziyod yoshlar sportning basketbol turi bilan shugʻullanmoqda. Joriy yilning oʻtgan davrida 48 nafar yoshlar respublika chempionatida gʻolib va sovrindor boʻldi. 10 nafar fargʻonalik yoshlar Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosidir.



https://uza.uz/posts/116703
Ulaşiş

