14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni arafasida Andijon shahridagi harbiy qismda bunyod etilgan 300 o‘rinli yotoqxona binosi foydalanishga topshirildi.

Yotoqxona binosi ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda mamlakatimizda Milliy armiyamiz jangavor salohiyatini yuksaltirish, harbiylarning professional bilim va mahoratini, shuningdek, harbiy qismlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.  

 Andijon shahridagi harbiy qismda ham keyingi yillarda qator tarkibiy-tashkiliy o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Jumladan, muddatli harbiy xizmatni o‘tovchi askarlarning jangovar tayyorgarligini yuksaltirishga mo‘ljallanayotgan o‘quv mashg‘ulot xonalari maxsus jihoz va uskunalar bilan ta’minlandi. Shuningdek, mashg‘ulot maydonlari, sport zali ta’mirdan chiqarildi. Amalga oshirilgan bu kabi ishlar harbiy xizmatchilarning professional malaka va jangovar shayligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.  

[gallery-721]

– Qismimizda harbiy xizmatchilarning ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ma’naviyati, professional va siyosiy bilimlarini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi qism komandiri o‘rinbosari, mayor Qodirjon Jumayev. – Ayniqsa, yangi yotoqxona binosi barpo etilib, ishga tushirilganligi askarlarimizning yashash sharoitini yaxshilash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.  

Yotoqxona binosi ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Andijon viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari  Sh. Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (foto), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylarning yashash sharoitlari yanada yaxshilandi