Harbiylarning farzandlari uchun archa bayrami
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizonidagi “n” harbiy qismning ma’naviyat va ma’rifat zalida Vatan himoyachilarining farzandlari uchun Yangi yil archasi atrofida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ushbu bayram tadbirida SCHR bataloni, Jizzax garnizoni “n” harbiy qism, HAN va garniznon MvaM harbiy xizmatchilarining farzandlari ishtirok etdi.
Bayram dasturida Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatirining aktyorlari tamonidan namoyish etilgan Yangi yil sarguzashtlari tamoshalari bolajonlarga manzur bo‘ldi.
Bayram qatnashchilari rang-barang o‘yinchoqlar bilan bezatilgan archa atrofida sevimli ertak qahramonlari bilan qo‘shiqlar kuylab, she’rlar o‘qidi, sho‘x kuy-qo‘shiqlarga raqs tushib, miriqib hordiq chiqardi.
Ayniqsa, yangi yil tantanalarining sevimli mehmonlari bo‘lib, “sovuq o‘lka”lardan kelgan Qorbobo va Qorqizning bolajonlarga ulashgan sovg‘alari jajji qalblarga olam-olam quvonch bag‘ishladi.
Yangi yil bayramida Jizzax garnizoni M va M harbiy orkestr jamoasining konsert dasturi bolajonlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA