Harbiylarga yangi xizmat uylari topshirildi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kunida Xorazm viloyati Shovot tumani Chegarani qo‘riqlash vzvodi harbiylari oilalari uchun 12 ta xonadonga mo‘ljallangan yangi xizmat uyi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Jo‘rabek Rahimov, nuroniylar, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar harbiy oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va uy-joy sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida alohida to‘xtaldi. Barcha qulayliklarga ega shinam xonadonlar chegaramiz posbonlari va ularning oila a’zolari uchun chinakam bayram sovg‘asi bo‘lgani qayd etildi.
[gallery-21260]
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA