Harbiylarga yangi uy kalitlari topshirildi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni arafasida Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi “Yuksalish” massivi Tadbirkor mahallasi hududida harbiylar uchun yangi ko‘p qavatli uy qurib bitkazildi. 16 qavatli 56 ta xonadondan iborat uylar yurt posbonlari uchun munosib tuhfa bo‘ldi.
Marosimda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari, viloyat hokimi o‘rinbosari, tuman hokimi, faxriy harbiylar, harbiy xizmatchilar oilalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari G‘ofur Jamolov so‘z olib, so‘nggi yillarda mas’uliyatli va sharafli burchni sidqidildan bajarib kelayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish, yashash va xizmat vazifalarini o‘tashi uchun sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Harbiy xizmatchilarni bayram bilan qutladi. Kelgusida Yangi Namangan shaharchasida bolalar bog‘chasi, maktab, poliklinika, harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini ish bilan ta’minlovchi bir qator infratuzilma ob’ektlari barpo etilishini qayd etdi.
[gallery-15436]
Harbiylarga xonadon kalitlari tantanali tarzda topshirildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA fotomuxbiri