Harbiylarga yangi uy-joylar topshirildi
Buxoro tumani “Zarmanoq” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda ichki ishlar organlari xodimlari uchun qurilgan 2 ta 5 qavatli, jami 60 xonadondan iborat uy-joylar foydalanishga topshirildi.
Mamlakatimizda sarhadlarimiz daxlsizligi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashdek sharafli vazifani ado etib kelayotganlar harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Soha vakillarini samarali xizmat qilishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda.
[gallery-770]
Bayram arafasida foydalanishga topshirilgan yangi uy-joylar “Bobur Buxoro qurilish” ITQ MCHJ hamda “Parvoz Kamfort” MCHJ quruvchilari tomonidan bunyod etildi. Mazkur uylar barcha zamonaviy sharoit, alohida isitish tizimiga ega. Uylar oldida bolalar maydonchasi barpo etilgan.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA