Harbiylar yoshlar bilan uchrashdi
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Xonqa tumanida “Armiya hayot maktabi” mavzuida harbiylar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholining keng qatlami orasida harbiy vatanparvarlikni kuchaytirishga doir ko‘plab tadbir va yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Tumandagi harbiy qism harbiylari hamda yoshlar ishtirokidagi navbatdagi uchrashuv ham yoshlarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, harbiylikka qiziqish uyg‘otish, xalq va armiya yakdilligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Muloqot davomida harbiylar sohada olib borilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib, harbiylik va uning sharafli hamda mashaqqatli yo‘li xususida so‘zlab berdi. Yoshlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytarildi.
[gallery-15823]
Harbiy orkestr chiqishlari va harbiy mashg‘ulotlardan ko‘rinishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA