O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni arafasida Namangan viloyatining Pop tumanidagi Qo‘shminor mahallasi hududida yangi harbiy shaharcha bunyod etildi.

Aholi yashash punktida yurtimizning mard va jasur o‘g‘lonlari uchun qurilgan 5 ta turarjoy binosi va 160 ta xonadondan iborat uy foydalanishga topshirildi. Xonadonlar kalitlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimda Respublika Mudofaa vazirligi, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari, Pop tuman hokimligi mas’ullari, faxriy harbiylar, harbiy xizmatchilar oilalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

Tadbirda mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, general-mayor Hamdam Qarshiyev so‘nggi yillarda mas’uliyatli va sharafli burchlarini sidqidildan bajarib kelayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish, yashash va xizmat vazifalarini o‘tashi uchun shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.  Harbiy xizmatchilar va ularning yaqinlarini yangi uylarga ko‘chib kirishgani bilan tabriklab, bayram tilaklarini bildirdi. Kelgusida bu harbiy shaharchada bolalar bog‘chasi, maktab, poliklinika, harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini ish bilan ta’minlovchi bir qator infratuzilma ob’ektlari barpo etilishi aytildi.  

[gallery-15391]

E’tiborlisi, uy to‘ylariga mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari, yaqinlari xonadon egalarining quvonchiga sherik bo‘ldi. Harbiy shaharchada to‘y va bayram tadbirlarini nishonlash uchun ham yetarli imkoniyatlar mavjudligi diqqatga sazovor. Yangi uylar kalitlarini topshirish marosimida yig‘ilganlar ham bunga amin bo‘ldi. Chunki mehmonlar va xonadon egalariga bayramona dasturxon yozildi.  

Tadbir davomida xonadon egalariga kalitlar tantanali tarzda topshirildi. Mehmonlar harbiy xizmatchilarning uylariga kirib, ularga ezgu niyatlarini izhor qildi.  

Oqilxon Dadaboyev,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylar uchun yangi uylar