Harbiylar musobaqa sovrindori bo‘ldi
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Xo‘jaobod tumanida tuman hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tumandagi harbiy qismlar jamoalari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
“Tuman hokimi kubogi” uchun o‘tkazilgan mazkur musobaqada 8 ta jamoa ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.
[gallery-10262]
Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy musobaqada tuman hokimligi jamoasi barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, 1- o‘rinni qo‘lga kiritdi. DXX Chegara qo‘shinlari tasarrufidagi harbiy qism jamoasi ikkinchi, tuman ichki ishlar bo‘limi jamoasi esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari kubok, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat),
O‘zA