Harbiylar ham sirdaryoliklarga yordam beradi
Sharqiy harbiy okrugi qoʻshinlari saxovat karvoni sirdaryoliklarga koʻmak berish maqsadida yoʻlga otlandi.
Sharqiy harbiy okrugi qoʻshinlari saxovat karvoni sirdaryoliklarga koʻmak berish maqsadida yoʻlga otlandi.
Hamjihatlik el boshiga ish tushganda bilinadi, sinovdan oʻtadi. Shu maʼnoda aytish mumkinki, Sardoba suv omborida yuz bergan suv toshqini ham xalqimizning qanchalar matonatli ekanligining yana bir imtihoni boʻldi. Prezidentimizning ofat roʻy bergan manzilga zudlik bilan yetib kelib, toshqinni toʻxtatish va uning salbiy oqibatlarini oldini olish, aholini xavfdan xoli joylarga evakuatsiya qilishga shaxsan oʻzlari bosh boʻlganliklari esa barchaga katta kuch bagʻishladi.
Ayni kunlarda ofatni bartaraf etish, evakuatsiya qilingan aholiga yordam koʻrsatishga barcha oʻz hissasini qoʻshmoqda. Yurtimizning barcha hududlaridan insonparvarlik yordamlari joʻnatilib, sirdaryoliklar moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlanyapti.
Bugun, erta tongdanoq Sharqiy harbiy okrugi qoʻshinlari koʻmak uchun harbiy xizmatchilar va harbiy texnikalar Sirdaryoga yoʻl oldi. Andijon, Margʻilon va Pop shaharlaridan harakatlangan poyezd eshelonlari tez orada manzilga yetib boradi. Harbiylar suv toshqini zarar yetkazgan hududlar bajariladigan ishlarda yaqindan yordam beradi.