Harbiylar bayramni yangi uylarida nishonlaydi
FOTOREPORTAJ
Mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami arafasida harbiy xizmatchilar uchun Farg‘ona shahri Tarona ko‘chasida bunyod etilgan 3 ta 16 qavatli 192 xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli turar-joy binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Farg‘ona viloyat hokimi Xayrulla Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Lutfulla Buzrukov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat mudofaa va xavfsizlik tizimlari rahbarlari ishtirok etdi.
[gallery-8609]
Marosimda so‘z olgan viloyat hokimi tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qutlab, harbiylarga e’tibor va rag‘batning yana bir namunasi sifatida topshirilayotgan ushbu uylar Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa ishlari va Milliy gvardiya xodimlari va ularning oila a’zolari uchun kichik Vatan bo‘lishligiga tilak bildirdi.
Harbiy xizmatchilarga xonadon kalitlari tantanali tarzda topshirildi.
Mehmonlar yangi uy egalari xonadonida bir piyola choy ustida dildan suhbat qurib, harbiylar va ularning oila a’zolari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA