Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan “Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotgan mazkur qonun loyihasida harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi to‘g‘risidagi qonunchilik, asosiy tushuncha va prinsiplar, harbiy xizmatchilarni moddiy javobgarlikka tortish asoslari ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Shuningdek, harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi turlari (cheklangan moddiy javobgarlik, to‘liq moddiy javobgarlik), yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash, uning o‘rnini qoplash kabi masalalar ham belgilanmoqda.

Yig‘ilishda tegishli vazirlik va idoralar vakillari, siyosiy partiyalar fraksiyalari a’zolari ishtirok etib, qonun loyihasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Loyiha va undagi normalar deputatlar tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar asosida yanada takomillashtirilmoqda.
M.Komilova,
O‘zA