O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Mudofaa vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda davlatimiz rahbarining 2022 yil 25 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari, harbiy xizmatdan rezervga (iste’foga) bo‘shatilgan (chiqarilgan) fuqarolar va ularning oila a’zolarini uy-joy bilan ta’minlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati, qaror talablarini bajarish yo‘lida olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi. 

Anjumanda qayd etilganidek, qarorga muvofiq harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash masalalariga ko‘pgina o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi. 

Jumladan, harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida orttirilgan kasallik yoki olingan jarohati tufayli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqsiz deb topilib, iste’foga chiqarilgan Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarini, shuningdek, vafot etgan harbiy xizmatchilarning, ularning xizmat muddatidan qat’i nazar, oila a’zolarini uy-joy bilan ta’minlash qarorda belgilandi. 

Qarorda harbiy xizmatchilar boshqa vazirlik va idoralar tizimiga haqiqiy harbiy xizmatni o‘tash uchun o‘tkazilganda, ularga berilgan xizmat xonadonlarini ham tegishli vazirlik va idoralar tasarrufiga o‘tkazish ko‘rsatildi. 

Shuningdek, harbiy xizmatchilarga ajratiladigan uy-joy maydonining ijtimoiy normasini aniqlashda ularning oila a’zolari bilan bir qatorda qaramog‘iga olingan shaxslar toifasiga aniqlik kiritish, umumiy harbiy xizmat muddati 20 yil bo‘lgan harbiy xizmatni o‘tab rezervga bo‘shatilgan fuqarolarni davlat hisobidan turar-joy bilan ta’minlash, shu bilan birga ularning oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hamda davlat organlari va tashkilotlaridagi mehnat faoliyati yillarini haqiqiy harbiy xizmat yillari davriga qo‘shib hisoblash belgilandi. 

Ta’kidlanganidek, ko‘rilayotgan kompleks chora-tadbirlar natijasida Vatan himoyachilarining harbiy xizmatga bo‘lgan yondashuvi tubdan o‘zgardi, harbiy qismlarda mas’uliyat va intizom mustahkamlandi, barcha harbiylar qalbida o‘z Vatani bilan faxrlanish va g‘ururlanish hissi yanada ortadi.

Gunoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi