Fargʻona viloyatida ham turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Sharqiy harbiy okrugning Fargʻona dala-oʻquv maydonida boʻlib oʻtgan “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostidagi harbiy-vatanparvarlik festivalida yoshlar, harbiylar, ularning oila-aʼzolari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, sarhadlarimiz daxlsizligi yoʻlida hamisha hushyor va ogoh, fidoyi Vatan himoyachilari borki, bizning koʻnglimiz xotirjam, osmonimiz musaffo. Ammo vatanparvarlik nafaqat chegarada turgan askar yoki zobit, balki shu yurtning farzandiman, degan yoshu nuroniy – barchaga tegishli boʻlgan burchdir. Ayni kunlarda joylarda boʻlib oʻtayotgan Qurolli Kuchlar tashkil topganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami tadbirlarida bu oʻzining yaqqol ifodasini topmoqda.

photo5246797474486660452.jpg

photo5246797474486660448.jpg

photo5246797474486660450.jpg

Fargʻona viloyatida ham turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda. Viloyat hokimligi va Sharqiy harbiy okrug qoʻmondonligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur harbiy-vatanparvarlik festivali minglab yoshlarga faxr va iftixor tuygʻularini baxsh etdi.

Festivalda harbiy parad, yoshlar uchun zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika koʻrgazmasi, harbiy taʼminot masalalari, shuningdek, harbiy orkestr, harbiy xizmatchilarning qurol bilan saf hamda qoʻl jangi elementlari chiqishlari namoyish etildi. Zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari bilan yoshlar yaqindan tanishdi. Festival davomida yoshlar Vatan himoyachilari bilan dildan suhbat qurdi, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Yoshlarga tank va raketa pultlari kabi bir qator texnik vositalar bilan mashq qilish imkoniyati ham berildi. Shuningdek, festivalda havo desanti askarlari, viloyat ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik guruhi shartli ravishda qoʻporuvchilarni qoʻlga olish va yoʻq qilish mashqlarini namoyish etdi.

photo5247089248794946754.jpg

photo5246797474486660447.jpg

photo5247089248794946750.jpg

– Yoshlarimizning harbiy boʻlishga, xususan, armiya safida xizmat qilishga ishtiyoqi kuchli, – deydi kichik serjant Ramazon Mamadiyev.–Bugungi festivalda ularga jangovar texnikalar haqida maʼlumotlar berdik. Koʻrgazmali chiqishlar ham ularning qalbida faxr va iftixor uygʻota olganiga ishonamiz.

Harbiy orkestr jamoasining vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlari, sanʼatkorlarning bayram tabriklari, konsert dasturlari tadbirga alohida fayz kiritdi.

photo5247089248794946751.jpg

photo5247089248794946752.jpg

photo5247089248794946753.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy-vatanparvarlik festivali