“Adolat” SDP tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida oliy ta’lim va harbiylashgan oliy ta’lim muassasalarining talabalari va kursantlari o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Unda partiya Siyosiy Kengashi raisi Robaxon Mahmudova, universitet boshlig‘i, polkovnik Mirzayusuf Rustambayev, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi "Adolat" SDP fraksiyasi a’zolari, partiyaning Toshkent viloyat Kengashi xodimlari hamda bir qator oliy ta’lim va harbiylashgan oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, harbiy soha mutaxassislari ishtirok etdi.  

Ma’lumki, qonun ustuvorligi, adolat va demokratik jarayonlardan yaxshi xabardor avlod mamlakat kelajagini belgilaydi. Shu maqsadda o‘tkazilgan tanlovda Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi DXX Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Qurolli Kuchlari Akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti kabi oliygohlar va harbiy o‘quv-yurtlaridan jami 1000 nafarga yaqin talaba o‘zining konstitutsiyaviy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.  

Ko‘rik-tanlovni kirish so‘zi bilan ochgan partiya yetakchisi Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi hamda yangilangan tahriridagi muhim normalar haqida to‘xtaldi. Shuningdek, mazkur tanlovning yoshlar hayotidagi ahamiyati xususida so‘z yuritdi. 

Qayd etilganidek, “Adolat” SDP yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratib, ular uchun o‘ndan ortiq loyihani amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi faqat huquqiy bilimlar sinovi emas, balki yoshlarning huquqiy ongi va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantiruvchi muhim ijtimoiy tashabbus sifatida e’tirof etildi.  

Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari test sinovidan o‘tdi hamda sahnada huquqiy savodxonlik, tezkor fikrlash va bilimlarni amalda qo‘llash mahoratini namoyish qildi.  

Muhtarama Komilova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy ta’lim muassasalari talabalarining konstitutsiyaviy bilimlari sinovdan o‘tkazildi