Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan biri tashkil etilgan sana keng nishonlandi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari – shtab boshlig‘i, polkovnik Shokir Xairov, Jarqo‘rg‘on tuman hokimi Elmurod Avazov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Ushbu harbiy qismga 1997 yil 24 mart kuni Qurolli Kuchlarning jangovar bayrog‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan faxriy yorliq shon-sharaf ramzi sifatida tantanali ravishda topshirilgan. Sohada olib borilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq o‘tgan yili mazkur harbiy qism kapital ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy qiyofaga ega bo‘ldi. Ushbu harbiy qism tom ma’noda yetuk ofitser va serjantlarni tarbiyalaydigan maskanga aylangan.    

[gallery-12773]

Tadbirda xizmat faoliyati davomida jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik borasida muayyan yutuqlarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar, esdalik nishonlari, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.  San’atkorlar ijrosidagi konsert dasturi mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy qism tashkil topgan sana munosib nishonlandi