Harbiy okrug bilan tanishuv
Qarshi shahri yuridik texnikumi talabalari Qarshi harbiy prokuraturasi xodimlari hamrohligida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparatiga sayohat qilishdi. Mehmonlarni yuqori kayfiyatda kutib olgan mezbon ofitserlar okrug hududi va harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirishdi.
Okrug shonli tarixi muzeyi sohaga doir ko‘pgina ma’lumot va jihozlarni o‘z ichiga oladi. Talabalar muzey bilan tanishdi.
Shundan so‘ng okrug boshqaruv apparati madaniyat saroyida Qarshi harbiy prokurori bilan yoshlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Huquq himoyachisi bo‘lishni maqsad qilib, oldiga ulkan marralarni qo‘ygan yoshlar Qarshi harbiy prokurori bilan suhbat jarayonida kelgusidagi faoliyatida asqatadigan ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarda harbiy vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladi.
O‘lmas Barotov,
O‘zA muxbiri