Bugun, 12 fevral kuni Xitoyning Harbin shahrida o‘tayotgan IX qishki Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida 8 ta sport turida musobaqalar davom ettirilsa, uning 4 tasida medallar uchun kurashlar kechadi.

Bugungi bahslarda O‘zbekiston sport delegatsiyasining 6 nafar a’zosi 2 ta sport turida medallar uchun kurash olib boradi. 

Chang‘i alpinizmining aralash juftlik bahslarida Jasur Shamsiddinov va Feruza Boboqulova vatanimiz sharafini himoya qilsa, figurali uchish sport turining turli yo‘nalishlarida Niginabonu Jamoliddinova, Sevinch Rahimova,  Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.  

Bugungacha o‘yinlarda ishtirok etayotgan 34 ta davlatning 6 tasi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Medallar jamg‘arish borasida Xitoy sportchilari 27 ta oltin, 23 ta kumush, 20 ta bronza medali bilan 1-o‘rinda, Janubiy Koreya 12 ta oltin, 12 ta kumush, 11 ta bronza medali bilan 2-o‘rinda, Yaponiya 5 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza medali bilan 3-o‘rinda bormoqda.  

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Harbin-2025": Qishki Osiyo o‘yinlarining bugungi bahslarida 6 nafar sportchimiz qatnashadi