Yer – davlat mulki, jamiyatimiz boyligi. Undan oqilona foydalanish va muhofaza qilish qonun bilan himoyalangan.

Biroq, joylarda, jumladan Surxondaryo viloyatida ham qishloq xo‘jaligi yerlaridan noqonuniy foydalanish va o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari uchramoqda. Joylarda sodir etiladigan bunday noqonuniy xatti-harakatlarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan javobgarlik belgilangan.  

Mazkur hujjatning 60-moddasi 2-qismi ya’ni, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish uchun jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari, yuridik shaxslarga esa 50 barobarigacha jarima qo‘llaniladi. O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirganda MJTKning 60-modda 3-qismiga ko‘ra jismoniy shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari, yuridik shaxslar 300 baravarigacha jarima to‘laydi. Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha yer egasi vakolatli organga xabardor etmasligi 60¹ moddasiga asosan jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari, yuridik shaxslarga esa 50 baravarigacha jarima qo‘llashga olib keladi.  

Milliy qonunchiligimizda yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqishni takror sodir etish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik, chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish kabi holatlar uchun ham ma’muriy javobgarlik belgilab qo‘yilgan. Keyingi yillarda bunday harakatlarga qarshi keskin choralar ko‘rilayotganiga qaramay kadastr xodimlari viloyatda yer munosabatlari bilan bog‘liq qonun buzilish holatlarini aniqlamoqda.  

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi hamda tuman, shahar bo‘limlari xodimlari joriy yilning o‘tgan davrida 166 ta holatda 16.69 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, ularning ma’lum qismiga noqonuniy qurilmalar qurilganini fosh etdi. Shu davrda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonining 11.80 gektari qishloq xo‘jaligiga, 1.74 gektari aholi punktlariga, 2.40 gektari suv fondi, 0.20 gektari sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik ob’ektlarga, qolgan qismi esa boshqa turdagi yerlarga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.  

Tahlillarga ko‘ra, bu yerlarni g‘ayriqonuniy egallagan shaxslarning 113 tasi uy-joy qurish, 27 tasi noturar qurilish qilish, 26 tasi esa boshqa maqsadlarda qonunga zid foydalanib kelgan. Ularga qonun buzilish holatini ixtiyoriy bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xatlari yuborildi, tegishli ko‘rsatmalar berildi. Yerdan g‘ayriqonuniy foydalanishning oqibatlari tushuntirildi. Natijada hozirgacha 52 ta noqonuniy holat bartaraf etildi. Masalan, Termiz tumanida olib borilgan yer nazorati tadbirlarida "Namuna chorva invest" fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydonidan Mustaqillik mahallasida yashovchi Choriyor Berdiyev (ism-sharif o‘zgartirildi) hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0.01 gektar yer maydonini egallab olib, yuz kvadrat-metrdan iborat uy-joy qurib olgani aniqlandi.  

Holat yuzasidan Termiz tumani kadastr bo‘limi inspektorlari fuqaroning noqonuniy qurilmasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy jarima qarori qabul qilib, ogohlantirish xati berdi. Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olmoqchi bo‘lgan shaxs ma’muriy javobgarlikni to‘g‘ri his etib, noqonuniy qurilishni ixtiyoriy bartaraf etdi. Yer maydoni o‘z holatiga qaytarildi.  

Mavridi kelganda aytish lozimki, ayrim shaxslar tushuntirish ishlari va qonun buzilish holatlarini ixtiyoriy bartaraf etish bo‘yicha berilgan muddatda g‘ayriqonuniy harakatini o‘z xohishi bilan to‘g‘rilashni istamaydi yoki paysalga soladi. Bu toifadagi shaxslar uchun noqonuniy qurib olingan qurilmalarni majburiy tartibda buzdirish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlariga da’vo arizalari kiritilmoqda. Yerdan foydalanishda jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda bunday holatlarga qonuniy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilmoqda.  

Xususan, yilning o‘tgan davrida viloyatda uchta noqonuniy holatda jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlanib, hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga yuborildi. 

Viloyatda mutaxassislarimiz yerdan foydalanish bo‘yicha o‘rganishlarni davom ettirmoqda. Maqsadimiz davlat mulki va jamiyatimiz boyligi bo‘lgan yer resurslaridan oqilona, maqsadli foydalanish, uni asrab-avaylash, kelajak avlod uchun bus-butun saqlanishini ta’minlashdan iborat.  

Menglimamat Abdirahmonov,

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har qanday noqonuniy ish keltirar tashvish