Har qanday jinoyatga jazo muqarrar
Ming afsuski, ayni sinovli damlarda ayrim fuqarolar “Yotib qolguncha otib qol” qabilida ish tutib, foyda koʻrish, daromad orttirishga urinmoqda.
Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi, tegishli organlar bilan hamkorlikda dehqon bozorlarida eng muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshib ketmasligi yuzasidan nazorat tadbirlarini oʻtkazmoqda.
Ming afsuski, ayni sinovli damlarda ayrim fuqarolar “Yotib qolguncha otib qol” qabilida ish tutib, foyda koʻrish, daromad orttirishga urinmoqda.
Xususan, viloyat davlat soliq boshqarmasidan olingan maʼlumotga koʻra, soʻnggi ikki hafta davomida oʻtgan 27 ta nazorat tadbirida tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan, hech qanday hujjatlarsiz savdo qilayotgan fuqarolar aniqlangan. Ulardan jami 25 million 787 ming soʻmlik mahsulot daliliy ashyo sifatida olib qoʻyilgan.
Masalan, Qarshi shahar Nasaf koʻchasida joylashgan savdo doʻkonida fuqaro Meyliyev Jonibek Shuhrat oʻgʻli tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan, hech qanday hujjatlarsiz un mahsulotlarini sotayotgani aniqlandi. Undan jami 37 qop 5 million 767 ming soʻmlik un mahsulotlari va boʻsh qoplar olib qoʻyildi.
Albatta, har bir qonunbuzilish holatlari mavjudki, unga jazo muqarrar...
Biz esa fuqarolarimizdan tadbirkorlik faoliyatini belgilangan tartiblar asosida amalga oshirishlarini, narxlarni sunʼiy oshirmasliklarini soʻraymiz.