Toshkent shahar hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirkorlikni rivojlantirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahri va tumanlarida tijorat banklarining kredit mahsulotlari yarmarkasi muntazam o‘tkaziladi.

Yarmarkalarda tijorat banklarining eng so‘nggi kredit takliflari haqida to‘liq ma’lumotlar beriladi. Bank vakillari bilan ishtirokchilar yuzma-yuz uchrashish va barcha savollariga javob olish imkoniga ega bo‘ladi. Tadbirkorlar o‘z biznesi uchun mos moliyaviy yechimlarni topishga erishadi.

Yarmarka tadbirkorlar, startapchilar va moliyaviy imkoniyatlarni izlayotgan barcha uchun ochiq. Qo‘shimcha ravishda, ushbu yarmarkalarda tijorat banklari tomonidan  ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkorlik sub’ektlariga kreditlar va bank xizmatlari bo‘yicha berilayotgan imtiyozlarni bilib olishlari mumkin.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har oyda tijorat banklarining kredit mahsulotlari yarmarkasi o‘tkaziladi