“Har kuni 20 varaq” chellenji yoshlarni mutolaaga chorlamoqda
FOTOREPORTAJ
Yoshlar kuni munosabati bilan Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida “Har kuni 20 varaq kitob o‘qiyman” chellenji doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda yoshlar yetakchilari, o‘quvchilar hamda volontyor yoshlar ishtirok etib, kutubxonada yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, boy kitob fondi, elektron xizmatlar va yoshlarga mo‘ljallangan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ilm-fan va adabiyotga qiziqishni oshirishga qaratilgan tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, yoshlar kutubxonaga a’zo bo‘lish jarayonlarida faol ishtirok etib, axborot-resurs xizmatlaridan foydalanish tartiblari bilan tanishtirildi.
[gallery-29597]
Ta’kidlanganidek, mazkur chellenj yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qilmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA