Til-- millatning boyligi, ko‘zgusidir. Bu yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasida “Ona tilim - mening faxrim, mening g‘ururim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ona tilimiz, uning  rivojlanish bosqichlari haqida so‘z bordi.

Hududiy bo‘linma rahbari, dotsent Hamid Yodgorov, Guliston davlat universiteti professori Ixtiyor Ermatov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Alisher Nur, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Suyun Namozov, tilshunos olimlar va keng jamoatchilik  vakillari ishtirok etgan tadbirda ezgu fazilatlar, yuksak tuyg‘ular manbai bo‘lgan ona tilimizni rivojlantirish, davlat tilining jamiyatdagi nufuzini oshirish, yoshlarni ona tiliga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida fikr-mulohazalar yuritildi.

— Til – davlat timsoli, mulki, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir,-- dedi Markaz hududiy bo‘linmasi rahbari, dotsent Hamid Yodgorov. — Shunday ekan, har bir tilning saqlanishi hamda yosh avlodga yetkazilishi xalq taraqqiyoti va uning kelajagini belgilaydi. Birgina til ko‘plab xalqlarni o‘zaro birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’ana va madaniyatlarini saqlaydi, uning avloddan avlodga o‘tishini ta’minlaydi. Lekin, afsuski, hali-hanuzgacha til nazariyasi bilan bog‘liq muammolarimiz mavjud. Ayrim joylarda tilga, yozuvimizga sovuqqonlik bilan qarash hollari uchrab turibdi. Peshlavhalardagi yozuvlarda so‘zlarimizni noto‘g‘ri qo‘llash holatlari uchrayapti. Tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, foydalanish samarasini oshirish, tilning buzilishiga yo‘l qo‘yayotganlarga tilshunoslik qoidalari bilan birga, ravon, to‘g‘ri so‘zlash,  xatosiz yozish hamda muloqot madaniyatini o‘rgatmog‘imiz kerak.

— Ona tilimizga bo‘lgan e’tibor nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etgan, - deydi Guliston davlat universiteti professori Ixtiyor Ermatov. — Taniqli dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur»,   degan ibratomuz hikmati bor. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi, shubhasiz

Qizg‘in bahs, munozaraga boy o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda viloyatdagi turli muassasa va tashkilotlarda ish yuritayotgan va shu yerda davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha malaka oshirayotgan tinglovchilar ham ishtirok etib, o‘zlarni qiziqtirgan savollarga professor-o‘qituvchilar, shoir va yozuvchilardan batafsil javob oldi.

G‘ulom Primov,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir»