Prezident tashrifidan so‘ng...

Mahalla jamiyatning eng quyi, biroq eng ta’sirchan bo‘g‘ini sanaladi. Har qanday muammo avval shu yerda namoyon bo‘ladi. Agar masala mahallaning o‘zida yechim topsa, ortiqcha vaqt va resurs sarflanmaydi.

E’tibor qilsak, mahallada turli sohalar bilan bog‘liq muammolar bir-biriga chambarchas bog‘langan. Ishsizlik, uy-joy, ijtimoiy nafaqa, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi masalalar shunday kesishadiki, kalavaning uchini topish oson kechmaydi. Shu bois har bir muammoni tarqoq tarzda emas, balki mahallaning umumiy holatidan kelib chiqib hal qilish samarali hisoblanadi.

Keyingi yillarda O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va ijtimoiy hayotda ana shunday yondashuvga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chigalliklarni mahallaning o‘zida hal etish g‘oyasi ilgari surilmoqda.

Endilikda fuqaro davlatdan uzoqda emas, balki uning hamfikri va hamkori sifatida ko‘rilmoqda. Fuqarolar tashabbusi qo‘llab-quvvatlansa, mahalladagi odamlar o‘zini ijtimoiy jarayonning faol ishtirokchisi sifatida his etadi. Bu jamiyatda hamjihatlik va ishonch muhitini kuchaytiradi.

Bu borada tanlangan yo‘l aniq, undan ortga qaytilmaydi. Hududlarda mahallalarimiz bosqichma-bosqich obod bo‘layotgani ko‘ngilni ko‘taradi. Bu fikr bilan nima demoqchi bo‘lganimizni angladingiz. Tan olish kerak joylarda hali muammolar bor. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida kutilmaganda Norin tumanidagi Sho‘rariq mahallasiga ham kirdi. Davlat rahbari bu yerdagi manzaradan qoniqmagani aniq. Chunki mahallaning bugungi ahvoli islohotlarga mos emas. 

Besh mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan bu hududda ichki yo‘llar ta’mirtalab, ko‘chalarda yoritgichlar va suv lotoklari yo‘q. Aholi orasida 62 ta kambag‘al oila, 118 nafar ishsiz va 157 nafar mehnat migranti bor.

Holbuki, Sho‘rariqning yo‘l bo‘yida joylashgani tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi. Prezident bu resurslardan samarali foydalanish, ayniqsa, bo‘sh turgan binolarni davlat-xususiy sheriklik asosida ishga solish zarurligini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari mahallaning mehnatkash, samimiy aholisi bilan muloqot qildi. Bu yer yangicha qiyofa kasb etishini alohida ta’kidladi. Mas’ullarga ko‘chalar obod qilinib, insonlar dam olishi va farzandlari bilan sayr qilishi uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Topshiriqlar ijrosi doirasida mahallaning rivojlanish konsepsiyasi tayyorlanib, tadbirkorlikka sharoit yaratish uchun master-reja ishlab chiqiladigan bo‘ldi.

Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston nafasi Sho‘rariqda ham sezilishi shart” degan so‘zlari aholini to‘lqinlantirib yubordi. O‘zaro suhbatlarda yaqin bir-necha oylarda mahallada katta obodonlashtirish ishlari boshlanadi degan gaplar avj oldi. 

Quvonarlisi, sho‘rariqliklar taxmin qilgan “bir necha oy” ko‘p kuttirmadi. Hududni, aynan davlat rahbari aytganidek, “Yangi Namangan” mahallasiga aylantirish jarayoni boshlandi. Prezidentimizning  viloyatga tashrifidan keyinoq, topshiriqlar ijrosiga kirishildi. Yoshi ulug‘lar va faollar boshlangan bu xayrli ishlar oldidan duoga qo‘l ochdi. Davlat tomonidan bu yerga qaratilayotgan e’tibordan xursandligini, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarida yoshu-qari kamarbasta bo‘lishini ta’kidladi.

Bugun mahalladagi barcha ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat shtabi tashkil etilgan. Tuman hokimi esa islohotlarni tezlatish, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish, mahallani obod maskanga aylantirish maqsadida barcha choralarni ko‘radi. 

Loyiha doirasida zamonaviy mahalla guzari, sayilgoh, bolalar va sport maydonchalari, kutubxona, kasb va til o‘rgatish markazi, bank shoxobchasi barpo etiladi. Maktab va bog‘chalar davlat investitsiya dasturi asosida kapital ta’mirdan chiqadi. Yo‘llar asfaltlanib, daraxt va gul ko‘chatlari ekiladi. Eski bog‘lar yangilanadi. Aholi esa ijtimoiy shartnoma asosida o‘z uy-joyini tartibga keltiradi.

Prezident 16 sentyabr kuni Namangan viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham mahallalar obodligi mavzusiga alohida to‘xtaldi. Xususan, “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturini amalga oshirish tashabbusi ilgari surildi. Unga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab eng og‘ir ahvoldagi 328 ta mahalla dasturga kiritiladi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan hududlarga “Prezident tumani” va “Prezident mahallasi” maqomi berilib, ularga yana qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim qilinadi.

So‘zimiz boshida ta’kidlaganimizdek, mahalladagi muammolarni joyida hal etish bugungi kunning talabidir. Bu jarayon nafaqat davlat xizmatining samaradorligini oshiradi, balki jamiyatda ishonch, birdamlik va faollik muhitini yaratadi. 

Odamlar o‘zini davlat siyosatining ob’ekti emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokchisi sifatida his qilar ekan taraqqiyot yo‘lidagi kutilgan natijalarga tezroq yetishaveramiz.

Ikrom AVVALBOEV,

O‘zA sharhlovchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir masalaning boshlanish nuqtasidayoq hal etilishi xalqning birdamligini mustahkamlaydi