Har bir ayol baxtli bo‘lishga haqli (+video)
Davlatimiz rahbari ta’kidlab o‘tganidek, agar ayol, ona baxtli bo‘lsa, oila baxtli bo‘ladi, oila baxtli bo‘lsa, butun jamiyat, davlat mustahkam va barqaror bo‘ladi.
So‘nggi yillarda ayollar va bolalarning turli zo‘ravonlik va tahdidlarga uchragani haqidagi xabarlar tez-tez tarqalmoqda. Afsuski, jabrlanuvchilarning aksariyati begona shaxslar zug‘umidan ko‘ra oilaviy zo‘ravonlikdan ko‘proq aziyat chekmoqda. Bunday ayanchli holatlar esa xotin-qizlarni va bolalar huquqlari himoyasini kuchaytirishni taqozo etadi.
Ayollar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirish borasida bir nechta hujjatlar qabul qilindi va amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Xususan, mavjud qonunchilikka asosan, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning 3 bosqichli yangi tizimi joriy etilgan. Bunda “mahalla” darajasida – “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimi, profilaktika inspektori va xotin-qizlar faoli tomonidan tazyiq holati o‘rganiladi va doimiy kuzatib boriladi hamda “tuman” darajasida - “Inson” markazlarida himoya orderi talab qilmasdan psixologik, huquqiy va boshqa turdagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi.
Respublika bo‘ylab 192 ta tuman, shaharda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun shifoxonalarda tunu kun ishlaydigan “Birlamchi ko‘mak xonalari” tashkil etildi. Shifoxonalarning shoshilinch bo‘limlarida (2-3 ta koykali tunu-kun ishlaydigan) tashkil etilgan birlamchi ko‘mak xonalariga birlamchi ruhiy-psixoterapevtik yordam uchun profilaktika inspektori yoki ijtimoiy xodim xulosasi asosida joylashtiriladi.
Xo‘sh, kimlar “Birlamchi ko‘mak xonalari”dan foydalanishi mumkin? Ularga ko‘rsatiladigan yordam turi xarajatlari qay tartibda qoplanadi?
Mazkur savol yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Katta yoshdagilar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi Zulayho Kamolxo‘jayeva quyidagilarni ma’lum qildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lKPxgk82qmw" title="Har bir ayol baxtli bo‘lishga haqli" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA